← Barcha maqolalar Zoboto · Blog · Startup

Startup qanday boshlanadi va nima uchun

Startup — muammoni tez va katta miqyosda hal qilish uchun qurilgan, tez o'sishga mo'ljallangan loyiha. Quyida g'oyadan IPO'gacha bo'lgan real yo'l — bosqichlar, raqamlar va misollar bilan.

⏱ ~7 daqiqa · qisqa o'qish, chuqur referens 🗺 9 bosqichli interaktiv xarita

Startup nima

Aniq bir muammoni hech kim qila olmaydigan darajada yaxshi hal qiladigan, tez o'sishga mo'ljallangan kompaniya — katta korxonadan farqli, u avval gipotezani tekshiradi, keyin miqyoslanadi.

Nega qilinadi

Muammoni ko'rib, uni birinchi yoki eng yaxshi hal qilish imkoniyatini sezganda. Texnologiya, moliyaviy erkinlik va real ta'sir yaratish istagi — asosiy turtki.

Maqsad nima

MVP orqali gipotezani sinash → foydalanuvchi/mijoz orttirish → investitsiya bosqichlari orqali o'sish → yakunda barqaror biznes yoki likvidlik (IPO / exit).

01

G'oya va tor yo'nalish

Ko'p yangi startuplar butun bozorni nishonga oladi va resurslarini yoyib yuboradi. To'g'ri yo'l — tor bir muammoni tanlab: "buni hech kim bizdan yaxshiroq hal qila olmaydi" deyish.

Legal AI Healthcare AI Fintech AI EduTech AI
Misol yo'nalishlar
  • Legal AI — kontrakt tahlili, advokatlar uchun LLM
  • Healthcare AI — xavfsiz xulosa chiqarish: simptom → tashxis
  • Fintech AI — mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki fraud detection
  • EduTech AI — tillarni o'rganish, talaba-assistentlar
Tavsiya etilgan strategiya

"Vertical LLM SaaS for Regulated Markets" — mahalliy chiqib, global xavfsiz (on-prem), milliy tillar va shariatga mos model. MVP: yuridik hujjat xulosachi, banking chatbot. Daromad: B2B SaaS + data licensing. Maqsad: 6 oy ichida traction va Series A'ga tayyor bo'lish.

02

Founding Team

Investitsiyadan oldin VC'lar avvalo jamoaga qaraydi: kim nimaga javobgar, bozor qanchalik katta va nima uchun aynan siz g'olib bo'lasiz.

TAM / SAM / SOM Differentiation 1000+ aktiv foydalanuvchi
VC'lar nimaga qaraydi
  • Tajriba — jamoa ilgari nimaga erishgan (founding team eng muhimi)
  • Org Structure — kim nimaga javobgar
  • Market Size (TAM/SAM/SOM) — bozor qanchalik katta va qayerda tez o'sish mumkin
  • Differentiation — yirik o'yinchilardan (masalan OpenAI) nima farqi bor: local deployment, ethical LLM, arzon inference va h.k.
  • Early Traction — MVP + 1000+ aktiv foydalanuvchi yetarli
  • Unit Economics — model xarajati va daromad nisbati
03

Biznes model: B2B yoki B2C

MVP bosqichida bitta yo'nalishga fokuslanish kerak. B2B — barqaror, tez ishonch va daromad; B2C — tez tarqaladi, lekin monetizatsiya qiyinroq.

B2B past churn B2C viral o'sish LaaS B2B+B2C
Variantlar taqqoslovi
Yo'nalishAfzalligiKamchiligi
B2BYuqori daromad/mijoz, past churn, pilot osonSotuv uzoq, ko'p kelishuv
B2CTez tarqaladi, bozor katta, tez feedbackKatta support yuki, past daromad/foydalanuvchi
Strategik tavsiya

Boshlanishda B2B: yirik tashkilotlar (bank, advokatlik firmalari, davlat sektori), AI chatbot / hujjat tahlilchi — real ehtiyoj va tez daromad.
6–12 oydan keyin B2C kengayish: o'zbek tilidagi AI-assistent, freemium + premium — bozorni kengaytirish va brend tanilishi uchun.

04

MVP

MVP'ni tezroq chiqarib, pilot mijozlar — banklar, telekomlar, call-centerlar, davlat tashkilotlari — bilan sinab ko'rish kerak.

2–4 hafta Contract Analyzer Call Center Bot
Qaysi MVP'ni tanlash kerak
Yo'nalishTezlikInvestorlar uchun joziba
Contract Analyzer2–3 haftaYuqori (legal AI trendi)
O'zbek Call Center Bot3–4 haftaYuqori (niche + LLM)
AI Chatbot3–4 haftaYuqori (niche + LLM)
CustomAI API platformasiSezilarli kechikadiYuqori (infra startup)

Tavsiya: "Legal Document Analyzer for Regulated Industries" yoki "O'zbek tilida AI Customer Support bot" — ikkalasini ham 1–2 haftalik frontend bilan ChatGPT-like demo qilib, investorlarga ko'rsatish mumkin.

05

Pre-Seed

Maqsad — MVP yaratish, birinchi foydalanuvchilarni yig'ish va g'oyani validatsiya qilish.

$50K–$250K $0.5M–$2M valuatsiya 3–5 kishi
Kimdan olish mumkin
  • Angel investorlar — mahalliy texnologik liderlar, sobiq startupchilar
  • Accelerators — Y Combinator, Antler, Alchemist, Techstars
  • Mahalliy grant/fondlar — IT Park Uzbekistan, Zamin fondi
  • F&F — ishonchli tanishlar yoki oila a'zolari
Jamoa (3–5 kishi)
  • Co-founder (CTO) — LLM integratsiyasi, backend
  • Co-founder (CEO) — roadmap, investorlar, pitch
  • ML/Prompt Engineer, UI/UX dizayner, Growth hacker
Misollar
KompaniyaMiqdorValuationKim invest qilgan
Airbnb~$20K~$300KY Combinator
Stripe~$120K~$1.7MY Combinator
Uber~$200K~$3–4MFirst Round Capital
Dropbox~$15–20K~$300KY Combinator
Coinbase~$150K~$1.5–2MY Combinator
06

Seed

Mahsulotni yaxshilash, erta daromad olish va mijoz bazasini kengaytirish vaqti.

$500K–$2M $3M–$8M valuatsiya 7–12 kishi ARR $100K–$300K
Talab etiladigan ko'rsatkichlar
  • Yaxshi retention
  • ARR = $100K–$300K
  • 1000+ aktiv B2C foydalanuvchi yoki 5–10 B2B mijoz
Jamoa (7–12 kishi)

CEO, CTO, Product Manager, ML/AI Engineer, Backend, Frontend, QA, Customer Success, Sales/BizDev, Marketing Lead.

Misollar
KompaniyaMiqdorValuationKim invest qilgan
Airbnb~$600K~$2.4MSequoia, SV Angel
Stripe~$2M~$10–20MPeter Thiel, Sequoia, a16z
Uber~$1.25M~$4MFirst Round Capital
Coinbase~$600K~$5–6MInitialized Capital
07

Series A

Jiddiy o'sish, mahsulotni masshtablash va kuchli jamoa tuzish bosqichi.

$3M–$10M $10M–$50M valuatsiya 20–40 kishi ARR $1M+
Talab etiladigan ko'rsatkichlar
  • ARR = $1M+
  • Unit economics: LTV/CAC ≥ 3
  • Past churn, tez o'sish, mintaqaviy signal
Jamoa (20–40 kishi)

C-levellar (CEO/CTO/CPO/CMO/CFO), 1–2 Product Manager, Sales (inbound/outbound), MLOps, Data Team, Customer Support, Legal/HR/Compliance.

Misollar
KompaniyaMiqdorValuationKim invest qilgan
Airbnb~$7.2M~$70MSequoia Capital
Stripe~$18M~$100MSequoia, a16z
Uber~$11M~$60MBenchmark Capital
Notion~$10M~$80MIndex Ventures
08

Series B / C / D

Bozorga chuqur kirish, texnologiyani kengaytirish va boshqa mamlakatlarga chiqish vaqti.

$10M–$100M+ $50M–$500M+ valuatsiya 50–150+ kishi ARR $10M+
Investor turlari
  • Growth-stage VC — SoftBank, Tiger Global, Bessemer
  • Corporate VC — Microsoft M12, Google Ventures
  • Sovereign Wealth Funds — Masdar, PIF, QIA
Jamoa (50–150+ kishi)

Full-scale Sales/Marketing/Product/Engineering, Enterprise Sales, Security & Infra, DevOps/SRE, Global HR, Partnership team.

Misollar (Series B)
KompaniyaMiqdorValuationKim invest qilgan
Airbnb~$112M~$1.3Ba16z, DST
Stripe~$70M~$3.5BGeneral Catalyst, Sequoia
Coinbase~$75M~$400MDFJ Growth, a16z
09

IPO yoki Exit

Kapitalni likvid qilish, investorlar chiqishi va jamoaning moliyaviy mukofoti — yo'lning yakuni.

ARR ≥ $50M 150–500+ kishi Nasdaq / LSE / ADX
Misollar
KompaniyaYilIPO valuation
Airbnb2020~$47B
Uber2019~$82B
Coinbase2021~$85B
Reddit2024~$6.4B
Yirik kompaniyalarning yo'li
  • Google — Seed + Series A → to'g'ridan-to'g'ri IPO (2004, ~$23B)
  • Amazon — Bootstrap + Angel + Series A → IPO (1997, ~$438M)
  • Facebook — Seed → A → B → C → mega-late stage → IPO (2012, ~$104B)
  • Tesla — Angel/Seed → Series A/B/C → IPO (2010, ~$1.7B)
  • SpaceX — Bootstrap → Series A/B/C/D+ → hali ham private
  • OpenAI — Donor funding → Microsoft strategik investitsiyasi → hali ham private
Asosiy qoidalar
  • Har bosqichda 10–25%dan ko'p ulush berilmasin — "healthy dilution"
  • Founderlarda IPOgacha kamida 10–20% qolishi kerak
  • Seed'dan oldin 10–15% Opsion Pool ajratish tavsiya etiladi
  • Series A'dan keyin Board Control founderlarda qolishi muhim

Founderlarda qolgan ulush — bosqich sayin

Har investitsiya raundi founder ulushini "suyultiradi" (dilution). Quyida — o'rtacha stsenariy bo'yicha, $50M valuatsiyada IPO'ga chiqadigan kompaniya misolida founderlarda qolgan ulush foizi.

Pre-Seed
92.5%
Seed
78.6%
Series A
62.9%
Series B
51.6%
Founder(lar)ning kompaniyadagi ulushi, har raunddan keyin

Keyingi maqolalar