Scrum Master Intern
AmaliyotIslomiy moliya sohasidagi yangi loyihamiz uchun Scrum Master Intern qidiryapmiz. Jamoa scrum jarayonlarini boshqarish va kundalik ish oqimini tartibga solish orqali loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushishida bevosita ishtirok etasiz.
Asosiy vazifalar
- Scrum eventlarini yuritish — daily standup, sprint planning, sprint review va retrospective
- Jamoaning kundalik ishlarini ClickUp (task manager)da yuritish: vazifalarni yaratish, taqsimlash va bajarilishini kuzatish
- Sprint backlog va rejalarni tartibda saqlash, muddatlar va progressni monitoring qilish
- Jamoa a'zolari o'rtasida muloqotni yengillashtirish, to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishga ko'maklashish
Kimni izlayapmiz
- Agile/Scrum asoslaridan xabardor yoki o'rganishga qiziqqan
- ClickUp yoki shunga o'xshash task management vositalari bilan ishlashga tayyor
- Tartibli, mas'uliyatli va yaxshi kommunikatsiya ko'nikmalariga ega
- Moliya/bank sohasiga qiziqish — ustunlik hisoblanadi
Kerakli ko'nikmalar
Ushbu vakansiyaga topshirish uchun quyidagi roadmap orqali kerakli ko'nikmalarga ega bo'lishingiz yoki ularni o'rganib chiqishingiz kerak bo'ladi:
Scrum Master roadmap'ni ko'rish →Ish sharoitlari
- Sinov muddati — 1 oy
- Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o'tgach, performance'ga qarab oylik maosh belgilanadi
- Eng muhimi — kuchli jamoa bilan ishlab, real loyihada qiymatli tajriba orttirasiz
- O'zbekistondagi ilk islomiy neobank ochilishida qatnashish imkoniyati